Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo raqamli forumini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi

Bu haqda prezident onlayn tarzda o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Rahbarning soʻzlariga koʻra, bu tajriba va ilgʻor texnologiyalar almashish, YOII mamlakatlari IT-parklari va markazlari oʻrtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, bu boradagi biznes sheriklik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.