ShHTning boʼlajak sammiti kun tartibi koʼrib chiqildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʼp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, ShHTning boʼlajak sammiti kun tartibi koʼrib chiqildi.