Shimoliy Koreya koronavirusni to‘liq yengdi

Shimoliy Koreya barcha bemorlar COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mamlakatda virus ustidan g‘alaba qozonilgan. Rasmiylar epidemiyaga qarshi vaziyat muayyan barqarorlik bosqichiga o‘tganini aytmoqda.

“KXDR epidemiyaga qarshi milliy siyosat va chora-tadbirlarni amalga oshirishda mukammallikni saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshiradi hamda epidemiyaga qarshi tizimni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshiradi”, — deyiladi bayonotda.

Bunday ishlar COVID-19 ning yangi turlari ustidan monitoringni kuchaytirish va tibbiyot xodimlarini tezkor safarbar etish choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi.