Sirdaryo viloyatida «Bag‘rikeng O‘zbekiston — umumiy uyimiz» festivali bo'lib o'tdi

2021 yil 12-iyun kuni Sirdaryo viloyatida “Bag‘rikeng O‘zbekiston — umumiy uyimiz” deb nomlangan festival bo'lib o'tdi.

Festival sharafiga robototexnika ko'rgazmasi tashkil etildi, shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishini oshirish maqsadida musobaqa o'tkazildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi, IT Park Sirdaryo filiali rahbari va xodimlari ishtirok etishdi.