Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni taʼminlash Oʼzbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi – Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari hozirgi zamon butun jahon iqtisodiyoti raqamlashtirish jarayoniga oʼtayotgan, “yashil” texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji uchun ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir davr ekanligini taʼkidladi.
"Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun beqiyos imkoniyatlar ochilayotgan mana shunday sharoitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani boʼlgan, bugungi kunda yangilanish va islohotlar yoʼlidan dadil borayotgan Yangi Oʼzbekiston bilan amaliy hamkorlik oʼrnatishga taklif qilaman.
Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni taʼminlash Oʼzbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident anjumanning barcha ishtirokchilariga forum natijalari boʼyicha muhim va samarali kelishuvlarga erishishni, kelgusi ishlarida esa yangi yutuq va zafarlar yor boʼlishini tiladi.






