So'z erkinligi indeksida O'zbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 24 pozitsiyaga yaxshiladi

“Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladigan “Soʻz erkinligi indeksi”ning 2022-yilgi reytingida Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxshilab, 157-oʻrindan 133-oʻringa koʻtarildi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Shu munosabat bilan Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda soʻz erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalarini jamoatchilik fikrini ifoda etadigan “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish borasida qoʻyilayotgan muhim qadamlarning natijalaridan biri boʻlgan ushbu katta muvaffaqiyat bilan yurtimiz jurnalistikasi, ommaviy axborot vositalari va media sohasi vakillarini tabriklayman”, deyiladi xabarda.






