Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston sport gimnastikasi vakillari delegatsiyamiz kumush medalni qo’lga kiritib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Jamoa tarkibida uch karra jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Oksana Chusovitina, Jahon kubogi bosqichi gʻoliblari Dildora Oripova va Ominaxon Xalilova ham bor.






