Sportchimiz V Islom birdamlik o‘yinlarida yangi rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova (87 kilogrammgacha vazn toifasi) yurtimiz hisobiga uchta oltin medal kiritdi.
Sportchi og’ir atletikaning dastlab ko‘tarish turida 109 kilogramm, siltab ko‘tarishda 126 kilogramm, ikkita mashq yig‘indisida 235 kilogramm toshlarni ko’targan.
Bundan tashqari, sportchi musobaqadagi ajoyib natijalari bilan Birdamlik o'yinlarning yangi rekordi muallifiga aylandi.






