Starbucks tarmog‘ining nomi o‘zgardi

Tarmoq egalaridan biri, reper Timati o‘z Instagram sahifasida maʼlum qilishicha, Rossiyadagi sobiq “Starbucks” qahvaxonalar tarmog‘ining nomi “Stars Coffee”ga o‘zgardi.

Starbucks 23-may kuni Rossiya bozorini tark etib, 130 ta qahvaxonani yopishini maʼlum qilgan edi.

Keyinchalik esa 15-iyul kuni restorator Anton Pinskiy, reper Timati va senator Arsen Kanokovning “Sindika” kompaniyasi Starbucksning mahalliy biznesini sotib olishini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq sobiq qahvaxonalar tarmog‘ining uchta ehtimoliy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirilgan edi.