Taʼlim sifati past boʼlgan 84 ta maktabning birorta oʼquvchisi oʼtgan yili oliygohga kirmagan

Davlatimiz rahbari maktab taʼlimi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab oʼtdi.
Bugungi kunda respublika boʼyicha 1 ming 695 ta maktab mukammal taʼmirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qoʼshimcha oʼquv binolari zarurligi tanqid qilindi.
Bundan tashqari:
yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi oʼsishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;
hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;
• taʼlim sifati past boʼlgan 84 ta maktabning birorta oʼquvchisi oʼtgan yili oliygohga kirmagan;
• maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;
• milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud.






