Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilinadi

Beshinchi yoʼnalish tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bogʼliq.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yoʼl qoʼygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qoʼllanilmaydi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, kichik biznes vakillari tomonidan soliq tekshiruvlari bilan bogʼliq jarimalarning turi koʼpligi va ogʼirligi masalasi boʼyicha juda koʼplab murojaatlar kelib tushdi.
Misol uchun, bugungi kunda aylanmadan soliq toʼlayotgan 370 mingdan ziyod kichik tadbirkorlarning soliq boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovi 1 million soʼm atrofida.
Lekin, kassa cheki bermagani uchun 5 milliondan 10 million soʼmgacha moliyaviy, shuningdek 3 milliondan 12 million soʼmgacha maʼmuriy jarima solinadi.
Yaʼni, kichik tadbirkorlar uchun ham, yirik korxonalar uchun ham jazo bir xil.






