Tailand o‘zbekistonlik sayyohlar uchun mamlakatda vizasiz qolish muddatini uzaytirmoqda

Tailand hukumatining joriy yil 19-avgustdagi qaroriga ko‘ra, vizasiz bo‘lish muddati 2023-yil 31-martgacha uzayadi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari uchun vizasiz qolish muddati 15 kun o‘rniga 30 kunga uzaytiriladi.
Mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan Rossiyadan kelgan sayyohlar uchun muddat 30 kundan 45 kunga oshirilgan.






