Tanzila Narbaeva forumda nutq so‘zladi

Forumda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti Raisi Tanzila Narbayeva platforma ishtirokchilarini samimiy qutladi.

Forum Deklaratsiyasining qabul qilinishi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va keng jamoatchilikka dolzarb mintaqaviy va global masalalarni birgalikda hal etishga ko‘maklashish, ko‘p qirrali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlariga oid masalalar yuzasidan nuqtai nazar va istaklarni umumlashtirish uchun noyob imkoniyat ekani ta’kidlandi.

Taʼkidlash joizki, forum Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.