Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayevaning Qirgʼizistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar oʼrtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

S.Japarov Oʼzbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari, shu jumladan, «Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti» tashabbusiga yuqori baho berdi. Shu kunlarda boʼlib oʼtayotgan «Qirgʼiziston va Oʼzbekiston tadbirkor ayollari muloqoti» biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.