Tashish va saqlash tarmogʼining YaIMdagi ulushi kamaydi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlash tarmogʼining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 4,8 % ni tashkil etdi. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davrida 5,0 % ni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy davrda tashish va saqlash tarmogʼining YaIMdagi ulushi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ga kamaygan.