Tashkent Music Fest 2022 – kuz mavsumining yorqin tadbiri

Joriy yilning 9-11-sentabr kunlari Tashkent Music Fest 2022 festivali bo’lib o’tadi. Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan festivalda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari nafaqat jonli musiqa va raqslardan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Festivalga yurtimizning mashhur ijrochi va didjeylari bilan bir qatorda, xorijlik yulduzlar ham taklif qilingan:
9 - sentabr kuni Rossiyaning mashhur Gayazovs Brothers guruhi o‘zlarining ko‘plab muxlislarga ega xit-qo‘shiqlari bilan yoshlarni quvontiradi;
10 - sentabr – latofatli Minelli Yevropa va MDH davlatlari xit-paradlarini zabt etgan qo‘shiqlarini jonli ijroda taqdim etadi;
11 - sentabr – bir necha yillar davomida top-chartlarda yuqori o‘rinlarni egallagan HammAli & Navai dueti festival' muxlislari uchun sahnaga chiqadi.
Manzil: Toshkent sh., Hyatt Regency mehmonxonasi va A.Navoiy nomli Milliy kutubxonasi oldidagi hudud. Boshlanish vaqti: 19:00






