Tashqi ishlar vazirligida tarkibiy bo‘linmalarga yangi rahbarlar tayinlandi

2022 - yil 28 - fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida TIVning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik tarkibiy bo‘linmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi.

Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;

Mirzaraximov Sarvar Xamitjanovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) –Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Xo‘jalik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.