Tay boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinni egalladi

Malayziyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, muay-tay boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi, 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida sportchilarimiz uchinchi o‘rinni egalladi.
Xalqaro muay-tay assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan jahon chempionati Bosh vazir Ismoil Sabri Yaakob homiyligida o‘tkazildi. Unda dunyoning 130 dan ortiq davlati ishtirok etdi. Musobaqada ushbu jang san’atining barcha vazn toifalarida yoshlar ishtirok etishdi.






