TDIU talabalari Dubay mehmonxonasida amaliyot o‘taydi

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi ko‘magida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BAAning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Unga ko‘ra TDIUning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning beshyulduzli mehmonxonalarida amaliyot o'tashlariga kelishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida onlayn savdo tarmoqlarida bestseller bo‘lgan “Be the Cange in the Hospitality industry” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

Universitet talabalarini tayyorlashda qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanish maqsadida kitob muallifi Rixsiboy Tursunov bilan kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.