TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda

Joriy yilning 19 oktabr kuni O‘zbeksiton Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Talabalar shaharchasida barpo etilgan INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkini borib ko‘rgan edi.
Besh yil oldin bunday markazlarga, laboratoriyalarga keladigan yoshlar kam edi. Borlarining ham daromadi yetishmasdi. Chunki ilmga pul yo‘q edi. Endi bu sharoitdan, uskunalardan foydalanib, yoshlarni bozorbop mahsulotlar tayyorlash va sotishga o‘rgatish kerak. Ular manfaat ko‘rsa, ruh paydo bo‘ladi, o‘zini shu sohaga bag‘ishlaydi, - degan edi davlatimiz rahbari.
Yurtboshimizning ta’kidlagan so‘zlarining ijrosi sifatida yoshlarimizni zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanishi va o‘z ishlanmalari ustidan tadqiqot o‘tkazishlari uchun texnopark o‘z ishini boshladi. Shuningdek, ana shunday yuksak maqsadlarni ko‘zlagan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan mavsumiy tarzda shtkazilib kelinadigan navbatdagi Technoways marafonining respublika bosqichini aynan Inno texnoparkida 15 noyabrdan to 24-noyabr kuniga qadar o‘tkazilishi belgilandi.
15-24-noyabrga qadar davom etadigan marafonda Respublika miqyosida o‘rin olgan barcha oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari, ko‘ngilli yoshlari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi.
“TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafonida innovatsion texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarga startap g‘oyalarni innovatsion ishlanma holatiga keltirib, ularni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan jarayon to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar beriladi.
15-24 noyabrga qadar davom etadigan marafon doirasida ishtirokchilar uchun turli xil “Innotur” sayyohatlari uyushtiriladi. Jumladan, ishtirokchilarni “Akfa Visitors Center”, “Yashnobod ishlab chiqarish texnoparki” hamda “UzAUTO Motors Powertrain” Aj korxonalariga olib borilishi rejalashtirilgan. Marafon qatnashchilarini u yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirib hamda tajriba olishlari maqsadida malakali mutaxassislar bilan ham uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zlangan.
“TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilari o‘z loyihalarini himoya qilishi va qay darajada dolzarb muammolarga yechim topishlariga qarab, malakali mutaxassislar tomonidan bahonlanadi va vaucher pul mukofatlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.






