«Termiz» poligonida O'zbekiston va Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

30-iyuldan 10-avgustgacha Rossiya va O'zbekistonning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilari Surxondaryo viloyatidagi poligonda o'tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadilar, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Amaliy mashg'ulotlar Afg'oniston bilan chegaradosh hududdagi Termiz poligonida bo'lib o'tadi, unda 200 ga yaqin harbiy texnika hamda aviatsiya texnikasi jalb qilingan.
Rossiya kontingentining asosiy qismi tinchlikparvarlik kuch va Markaziy harbiy okrugning (MHO) maxsus maqsadli brigadasi harbiy xizmatchilaridan iborat bo'ladi.
Mashg'ulotlar doirasida harbiy xizmatchilar Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining hududiy yaxlitligini ta'minlash masalalarini ko'rib chiqadilar.






