Texnopark – iqtisodiy o'sishning muhim omili

Bosh kotib Bagdad Amreyev boshchiligida Turkiy kengash delegatsiyasi IT-Park Uzbekistan ga tashrif buyurdi.

IT-park direktori Farxod Ibragimov Turkiy kengash delegatsiyasining IT-parkka tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi. U iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining farovonligini oshirishda IT-texnologiyalarning muhim o'rnini ta’kidlab o'tdi.

Uchrashuv chog'ida Turkiy kengash delegatsiyasi IT-Park Uzbekistan faoliyati va istiqbolli startap-loyihalarni yo'lga qo'yish va bozorga olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan biznes-inkubatsiya, akseleratsiya va venchur moliyalashtirish dasturlari bilan tanishdi.

Tomonlar raqobatbardosh startap-ekotizimlarni yaratish, texnologik parklar, inkubatorlar va startap markazlari faoliyati bo'yicha ilg'or tajriba almashish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha o'z sa’y-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldilar.