Tojikistonlik maktab o‘quvchisi noodatiy kvadrisikl ixtiro qildi

O'smirning ishonchi komilki, uning mashinasi qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi va tabiatga zarar yetkazmaydi.
15 yoshli Tojikistonlik o‘smir Mahmudjon Rizoev nogironlar uchun kvadrisikl ixtiro qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gaz va tormoz rul qismiga o‘rnatilgan, motor bloki esa quyosh panellari va generator tomonidan quvvatlanadi.
Maktab o‘quvchisi mashinani 3 oy davomida yig'gan. U odamlarga foydali bo'lishni xohlaganini aytadi. Shuningdek, u tog'li hudud uchun chiroq yaratishni ham rejalashtirmoqda.
Transport aql bilan yaratilgan deyiladi xabarlarda: rulda gaz va tormoz o'rnatilgan. Mashinaning o'zi quyosh panellari va generatordan quvvat oladi. Kvadrisikl yoqilg'i yoki elektr energiyasini talab qilmaydi.






