Tokio-2020: Paralimpiadasida O‘zbekistonning dastlabki oltin medali

Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan Paralimpiya o‘yinlari doirasida bugun dzyudo musobaqalariga start berildi va para dzyudochimiz Uchqun Quronboev oltin medalni qo'lga kiritdi!

Bugungi para dzyudo musobaqalari hamyurtimiz Uchqun Quronboev ishtiroki bilan yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Uchqun ispaniyalik para dzyudochi Serxio Ibanezga qarshi tatamiga chiqdi.