Toshkent – Perm xaqlaro avtobus qatnovi qayta tiklandi

“Toshkent” avtovokzali Rossiyaga qatnovchi xalqaro avtobus yoʼnalishlari toʼgʼrisida maʼlumot berdi. Unda qayd etilishicha, Toshkent—Perm oʼrtasidagi qatnovlar qayta tiklangan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Permga qatnovchi avtobuslar haftaning har seshanba va juma kunlari soat 17:25 da “Toshkent” avtovokzalidan yoʼlga chiqadi. Chipta narxi esa — 905 ming soʼmni tashkil etadi.

Shuningdek, quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha ham Rossiyaga avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda:

har kuni soat 12:00 da — Toshkent—Moskva (chipta narxi 1 million 205 ming soʼm);
har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da — Toshkent—Qozon (chipta narxi 905 ming soʼm);
har dushanba kunlari soat 14:00 da — Toshkent—Novosibirsk (chipta narxi 905 ming soʼm);
har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da — Toshkent—Omsk (chipta narxi 805 ming soʼm);
har payshanba kunlari soat 06:00 da — Toshkent—Nijniy Novgorod (chipta narxi 1 million 5 ming soʼm);
har chorshanba kunlari soat 20:00 da — Toshkent—Sankt-Peterburg (chipta narxi 1 million 505 ming soʼm).
P.S. Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali chiptaxonalaridan sotib olish mumkin.