«Toshkent – Ufa» yo‘nalishidagi reyslarning vaqti ma'lum muddatga o'zgartiriladi

Uzbekistan Airwaysning ma'lum qilishicha, 2022-yil 25-sentabrdan 26-oktabrga qadar HY-9657 Toshkent – Ufa yo‘nalishidagi qatnovlar vaqti o’zgartiriladi.
Qatnovlar quyidagi jadval (mahalliy vaqt) bo‘yicha amalga oshiriladi:
Toshkentdan uchib ketish: 08:35 (soat 07:30 o‘rniga);
Ufaga yetib borish: 11:40 (soat 10:35 o‘rniga).






