Toshkent ilk bor Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 6-may kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyatining yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Birinchi marta mamlakatimizda o‘tkaziladigan tashkilotning ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qit’amiz sporti kelajagiga oid muhim masalalar, jumladan, "Xanchjou – 2022" Osiyo o‘yinlari, "Shantou – 2021" yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining tashkiliy masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkaziladi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan “Toshkent – 2025” yoshlar o‘rtasidagi IV Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikning taqdimot loyihasi o‘rin olgan, – deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.






