Toshkent shahri va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi

Poytaxt Kengashi tomonidan 2022 - yilgi Toshkent shahri va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi, bu ko'rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 48,5 foizga ko‘proq.

Budjet daromadlarining asosiy manbai yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan tushumlar bo‘lib, 2,3 barobarga oshadi. Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarning yo‘qotishlarini subsidiyalashga 732,2 mlrd so‘m, «Obod mahalla» dasturi uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

30 - dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan 2022 - yil uchun shahar va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi, bu 2021 - yil uchun qabul qilinganidan 1,97 trln so‘mga (+48,5 foiz) ko‘pdir. E-Qaror portalida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzolagan asosiy moliyaviy hujjat e’lon qilindi.