Toshkent shahrida ilk bor Toshkent xalqaro Investitsiya forumi boʼlib oʼtadi

2022-yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʼlib oʼtadi (TXIF).
TXIF – bu strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes hamjamiyatiga Oʼzbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon.
Forum Oʼzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoniga qiziqish bildirgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan.






