Toshkent va Shahrisabz oʻrtasida Afrosiyob tezyurar poyezdi qatnovi tiklandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu yilning 7-mayidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdi yana “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.

758/757 reysi har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Poyezdlar Toshkent shimoliy vokzalidan soat 8:00da, Shahrisabz vokzalidan esa 15:40da jo‘naydi.

Ma’lumot o’rnida, Toshkent va Shahrisabz oʻrtasida tezyurar poyezdlar qatnovi ilk bor 2018-yilda yoʻlga qoʻyilgan, biroq COVID-19 pandemiyasi davrida toʻxtatilgan edi.