Toshkentda O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

25 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi va BAA davlat muassasalari va biznes doira vakillari ishtirok etishdi.
Birlashgan Arab Amirliklari biznes doirasi «DP World», «Abu Dhabi Ports», «Masdar», «Mubadala Health», «VPS Healthcare», «DAMAC», «Kanoo Group», «Julphar», «Al Rais Travel and Tourism» kabi korxonalar misolida namoyon etildi.
Tadbir doirasida xorij delegatsiyasiga BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri, O‘zbekiston tomonidan esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildilar.
Tadbir dasturi doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, tog‘ - kon sanoati, elektrotexnika, farmatsevtika, zargarlik va boshqa sohalardagi sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. BAA sarmoyadorlari mamlakatda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturi va uning amaldagi natijalari bilan tanishdilar.
Forum yakunlari bo'yicha qator kelishuvlarga erishildi:
- O'zbekiston-BAA ishbilarmonlar kengashini tashkil etish
- O'zbekiston Respublikasining "World Logistics Passport" savdo-sotiqni rivojlantirish xalqaro dasturiga qo'shilishi
- O'zbekiston-BAA investitsiyasi hamkorligida O'zbekistonda gilos yetishtirish
kompaniya tomonidan " E20 Investments Ltd.»
- Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to'g'risidagi memorandum.






