Toshkentda O‘zbekiston-Ukraina 2021 birinchi xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi, “IT Ukraina”, O‘zbekistondagi “IT Park” assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahridagi “Inha” universiteti tashabbusi bilan "Raqamli transformatsiyaning xalqaro o‘lchovi” mavzusida birinchi xalqaro axborot texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Muzaffar Jalolov ma’ruza qildi. U Respublikada axborot texnologiyalarining rivojlanishi va uning istiqbollari haqida qisqacha ma’lumot berdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher Kurmanov Ukrainaning bu boradagi faoliyatiga to‘xtalar ekan, ikki tomonlama hamkorlikning keng imkoniyatlari haqida ta'kidlab o'tdi.
O‘zbekistonda ilg‘or texnologik universitetlar, jumladan, Inha universitetining mavjudligi, shuningdek, mamlakatimizda “Bir million kodlovchi” dasturining amalga oshirilayotgani, mamlakatimiz xalqaro miqyosda tez kirib borishi mumkin bo‘lgan dinamik axborot texnologiyalari klasterini shakllantirish uchun zamin yaratadi.
Qolaversa, tadbir davomida Ukrainada axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Toshkent shahridagi Inha universitetini raqamlashtirish bosqichlari hamda IT-sanoatdagi jahon tendentsiyalari kabi mavzular ham keng muhokama qilindi.
Yaqin kelajakda Ukrainaning eng yirik axborot texnologiyalari kompaniyasi “Sigma Software Group”ning O‘zbekistonda ofisi ochilishi kutilmoqda.






