Toshkentda ShHT xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 27-mart kuni Toshkentda Navro‘z milliy bayramiga bag‘ishlangan IV Xalqaro Toshkent SHHT yarim marafoni bo‘lib o‘tadi. Yarim marafonda turli mamlakatlar va qit’alardan sportchilar, havaskor yuguruvchilar va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ishtirok etadilar.

2016-yildan buyon tashkilotga aʼzo davlatlar sportchilari ishtirokida har yili oʻtkazib kelinayotgan marafon jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Yarim marafon masofasi Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan boshlanib, Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalarigacha davom etadi.