Toshkentda triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkazildi

Toshkent shahri 9-10-oktyabr kunlari ilk bor triatlon bo‘yichi Osiyo kubogiga mezbonlik qildi.
Musobaqaning asosiy yo‘nalishida jami 40 nafarga yaqin professional sportchilar g‘oliblik uchun bahslashishdi. Dastlabki kunda sprint yo‘nalishida kechgan musobaqalar murosasiz ruhda kechdi.
Reglamentga ko‘ra, sportchilar dastlab 750 metr masofani suzib o‘tishdi, so‘ngra 20 km masofada velopoyga kirishishdi. Uchinchi bosqichda triatlonchilar 5 km masofani yugurgan holda bosib o‘tishdi.
Natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida polshalik Paulina Klimas, erkaklar o‘rtasida esa marokashlik Badr Sivane g‘alaba qozondi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Erkaklar:
Badr Sivane (Marokash) – 55:32
Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36
Vitali Voronsov (Ukraina) – 55:41
Ayollar:
Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16
Yeva Daniyels (Lyuksemburg) – 1:01.44
Liza Berger (Shveysariya) – 1:01.42
10-oktyabr kuni esa ushbu sport turi bo‘yicha shug‘ullanayotgan havaskorlar o‘zaro bellashishdi. Havaskorlar o‘rtasida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.






