Toshkentda YI va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Аfgʼoniston boʼyicha vakillari ishtirokida konferensiya o'tkazilmoqda

Joriy yilning 23-fevral kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari maslahat uchrashuvi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur konferensiyada Аfgʼon inqirozini tinch yoʼl bilan hal etish, Аfgʼonistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uning hududida turli loyihalarini amalga oshirish boʼyicha xalqaro va mintaqaviy saʼy-harakatlar muhokama qilinib, unda mamlakatimiz nomidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Аfgʼoniston boʼyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirok etmoqda.






