Toshkentning Hilton mehmonxonasida moda inkubatori bo‘lib o‘tmoqda

Inkubator "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi va Germaniyaning GIZ kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ta'kidlanishicha, inkubatorning asosiy vazifasi ixtisoslashtirilgan moda markazining paydo bo'lishi orqali Toshkentni mintaqaviy moda poytaxtiga aylantirish.
Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilgan.
Uyushma matbuot xizmatiga xabariga ko'ra, O'zbekistonda to'qimachilik va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishi, iqtisodiyotni o'sishiga, ijtimoiy masalalarni hal etishga hamda yangi ish o'rinlari yaratishga xizmat qiladi.






