Toshkentning Maxtumquli koʼchasida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

22-sentabr kuni poytaxtimizda oʼtkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan “Velosiped kuni” aksiyasi uyushtiriladi. Unda ishtirokchilar Maxtumquli koʼchasidan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼigacha boʼlgan 11, 5 km masofani velosipedda bosib oʼtadilar.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Maxtumquli koʼchasi Botkin koʼchasi bilan kesishmasidan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼigacha boʼlgan oraliqda soat 07:00dan soat 09:00gacha yopiladi.

Velo-aksiyada ishtirok etishni xohlovchilardan 22-sentabr kuni soat 06:30 ga qadar Yashnobod tumanidagi Navroʼz xiyoboniga yigʼilishlari mymkin.