Trampning TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Media & Technology Group kompaniyasi tomonidan yaratilgan TRUTH Social yangi ijtimoiy tarmog‘i 21-fevral kuni ishga tushiriladi.

Bu haqda AppStore ma’lumotlarda ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, uchbu ilova Rossiyada mavjud emas.

Avvalroq Trampning matbuot kotibi Liz Xarrington loyihaning maqsadi “Amerikadagi muxolifat ovozini o‘chirish uchun o‘zlarining biryoqlama kuchlaridan foydalanadigan Silikon vodiysidagi yirik texnologiya kompaniyalariga qarshi turish” ekanini aytgan edi.

Shuningdek, ma'lumotlarga ko'ra, Twitter va Facebook Trampning akkauntlarini uning tarafdorlari 6-yanvar kuni AQSh Kongressi binosiga bostirib kirganidan so’ng bloklangan.