TTPU huzurida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini beruvchi kengash oʼz faoliyatini boshladi

OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasining 2022-yil 1-fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi. Kengash raisi etib texnika fanlari doktori, universitetning rektori Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich tayinlandi.

Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar boʼyicha dissertatsiyalar himoya qilinadi:
05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish”;
05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish”;
05.09.01 – “Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar”.

Ushbu qarorga koʼra, Turin Politexnika universiteti huzuridagi ilmiy kengashning 17 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur ilmiy kengash tarkibi eng yosh olimlardan tashkil topgan boʼlib, 9 nafari texnika fanlari doktori, 8 nafari PhD. Ushbu kengash aʼzolarning koʼpchiligi xorijda ilmiy ishini himoya qilgan. Shuningdek, kengash tarkibiga Italiyalik professor ham jalb qilingan.