Turkiy davlatlar tashkiloti tadqiqot markazlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

14-15-oktabr kunlari Toshkentda ilk bor Turkiy davlatlarning tashqi siyosatni o'rganish rasmiy tadqiqot markazlarining Yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Unda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkiya, Vengriya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarning yetakchi tahliliy markazlari, Turkiy Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, TDT Kotibiyatining jami 60 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Kun tartibi doirasida turkiy mamlakatlarning savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligi istiqbollari, transport va kommunikatsiyalar jihatidan o'zaro bog'liqligni rivojlanishi, energetika, sanoat, qishloq xo'jaligi va savdo, innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish yo'nalishidagi sheriklik aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o'rinbosari Badriddin Obidov o'z nutqida Tashkilot doirasida savdo va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash tendentsiyasini qayd etdi. So'nggi uch yil ichida TDT mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,5 barobar o'sdi va 2021-yil oxiriga kelib 9,4 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda a'zo davlatlar kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni ikki barobarga ko'paydi va 4 ming birlikdan oshdi.

O'zaro savdoni faol rag'batlantirish, turkiy mamlakatlar o'rtasida savdo hamkorligi bo'yicha tadqiqot markazini tashkil etish, Tashkilotga a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlarining raqobatbardosh ustunliklari va iqtisodiy jihatdan bir-birini to`ldirishiga asoslangan ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish bo'yicha bir qator konstruktiv takliflar ilgari surildi.