Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar yoshlari ishtirokida IV Yosh liderlar forumiga start berildi

2022-yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi, hamda shu asosda yil davomida bir qator yirik tadbir va loyihalar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan 3-4-iyun kunlari Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi tashkil etilmoqda.
Maʼlumot oʼrnida, “Yosh liderlar forumi” 2018-yildan buyon turizmni rivojlantirish, davlatlar oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida anʼanaviy tarzda oʼtkazilib kelinadi. Shu kunga qadar ushbu forum Ozarbayjon, Qozogʼiston va Qirgʼiziston Respublikasida oʼtkazilgan.
Forumda ilk marotaba Buxoro shahri “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” deb tantanali ravishda eʼlon qilinishi, Yoshlar markazida esa “Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti va “Turkiy dunyo yoshlari bogʼi” ochilish marosimi boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
Tadbir davomida Buxoro shahrida kelgusida yoshlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha amalga oshiriladigan mega loyihalar taqdimoti tashkil etiladi.
Forum doirasida oʼtkaziladigan barcha tadbir va uchrashuvlar umumiy 10 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oladi.






