Turkiy Kengash a‘zolari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining elektron tizimiga ulanishga qiziqishmoqda

Bu haqda Turkiy Kengash bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov xabar berdi.

Turkiy Kengash bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov boshchiligidagi delegatsiyasi 2021-yil 12-15-oktyabr kunlari Jenevada bo'lib o‘tayotgan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi transport bojxona masalalari bo‘yicha ishchi guruhining 158-sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiyada so‘zga chiqqan bosh kotib o'rinbosari M. Azimov ishtirokchilarga Turkiy Kengash doirasida kontaktsiz transport va tranzit sohasidagi so‘nggi o'zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Turkiy Kengashga a’zo davlatlarning o‘z milliy tizimlarini eTIR xalqaro tizimiga ulashga intilishi qayd etildi. Turkiy Kengash vakili Xalqaro yo‘l tashish kotibiyati va BMTning YeIKni Turkiy Kengashga a’zo davlatlarni eTIR tizimiga kiritishni taklif qildi.