Turkiya Respublikasining Xatay provinsiyasi hokimi Lutfi Savash bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L. Kudratov Turkiya Respublikasining Xatay provinsiyasi hokimi Lutfi Savash bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning holati, yuqori darajadagi tashrif va tadbirlar yakunlari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar metallurgiya, avtomobilsozlik, charm-poyabzal va mebel sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jaligida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganishga kelishib oldi.

Ta'kidlash joizki, ushbu uchrashuv Xatay viloyati va O'zbekiston mintaqalari tadbirkorlari o'rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.