Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyadan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘radi

Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyaga turli toifadagi vizalar rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan murojaat qildi. Bunga asos qilib, “Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini tizimli asosda takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash” ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston fuqarolari Turkiyada turistik maqsadlarda 30 kungacha vizasiz bo‘lishlariga ruxsat etilgan.