«Uzbekistan Airways» keksalar uchun 25% chegirma eʼlon qildi

“Keksalar turizmi oyi” munosabati bilan “Uzbekistan Airways” kompaniyasi 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun ekonom-klass va undan yuqori tariflarga parvoz uchun 25 foizlik chegirma eʼlon qildi.
Chegirma “Uzbekistan Airways Sales” filiallarida yoki aviakompaniyaning Oʼzbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.






