“Uzbekistan Airways” Toshkent-Batumi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“Uzbekistan Airways” joriy yilning 21-maydan boshlab Toshkent-Batumi yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

chorshanba kunlari:

Toshkentdan uchish: 14:30 - Batumiga qo‘nish: 17:15
Batumidan uchish: 18:45 - Toshkentga qo‘nish: 23:00
shanba kunlari:

Toshkentdan uchish: 06:35 - Batumiga qo‘nish: 09:20
Batumidan uchish: 10:50 - Toshkentga qo‘nish: 15:05
P.S. Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etilishi kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat). Test oldindan tasdiqlanishi va havolada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Toshkent — Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent — Batumi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 27.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.