«UzDigital TV» paketiga 5 ta xalqaro xorij telekanallari qoʼshildi

Maʼlum boʼlishicha, Toshkent va Sirdaryo viloyati, shuningdek, Toshkent shahri aholisi endilikda BBC World News, CNN International, Bloomberg Television TV, CGTN, TRT Avaz xalqaro turk telekanallarini kuzatishlari mumkin bo’ladi.

“BBC World News” telekanali — biznes va sport yangiliklari, hujjatli filmlar;
“CNN International” – ekspertlarning tahliliy sharhlari va biznesga oid reportajlar;
“Bloomberg Television TV” — reportajlar va turli mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatlar;
“CGTN” telekanali – yangiliklar, reportajlar va tematik chiqishlar;
“TRT Avaz” xalqaro turk telekanali — butun dunyodan Yevroosiyodagi turklar uchun xalqaro madaniy yangiliklarni efirga uzatadi.

“Аbonentlar endi eng soʼnggi voqea-hodisalardan xabardor boʼlib borishadi”, — deya qoʼshimcha qilinadi “”UzDigital TV” axborotida.