Velokunga bag’ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi

“Xalqaro avtomobilsiz kun” doirasida “Bilim va faol harakatlarni kengaytirish orqali O‘zbekistonda global yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirish” mavzusida gibrid shaklida xalqaro suhbat o‘tkazildi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zoom platformasi orqali tashkil etilgan suhbatda BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 22-sentabr O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan. Ushbu kun doirasida O‘zbekistonda qator tadbirlar o‘tkaziladi.