Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv mavzusida SHHT Xalq diplomatiyasi forumi o‘z ishini boshladi

Bugun, 11-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv” mavzusida SHHT Xalq diplomatiyasi forumi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda xalqaro tashkilotlar, SHHTga aʼzo mamlakatlar parlamentlari, nodavlat tuzilmalar va ilmiy-tahlil markazlari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqdalar.

Anjuman ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nutq so’zlaydi.