XIII xalqaro UzMedExpo — 2021 tibbiyot koʻrgazmasiga start berildi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Toshkentning “Anhor-Lokomativ” bog‘ida UzMedExpo – 2021 koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
International Expo Group ko‘rgazma kompaniyasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 19-22 oktyabr kunlari UzMedExpo – 2021 koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi ko‘rgazmada Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Koreya Respublikasi, Ukraina hamda O‘zbekistonning 50ga yaqin kompanialari ishtirok etmoqda.
To‘rt kun davom etadigan ko‘rgazmada keng jamoatchilik, tibbiy muassasalar vakillari, farmatsevtika kompanialari tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Jumladan ko‘rgazmada ishtirokchi kompaniyalar o‘zlarining yangi tibbiyot uskunalarini, kasalliklarni aniqlash va davolash borasidagi yutuqlarini namoyish etishadi.
Koʻrgazma eksponatlari quyidagi mavzularda stendlarga joylanadi:
• Tibbiy texnika, uskunalar, diagnostika
• Laboratoriya uskunalari
• Stomatologiya
• Oftalmologiya
• Ortopediya va reabilitatsiya
• Farmatsevtika
• Keng isteʼmol tovarlari
• Tibbiy xizmatlar va sugʻurta
• Goʻzallik hamda salomatlik.






